Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning ta’kidlashicha, yangi darsliklar muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi, deb xabar berdi Respublika ta’lim markazi. Qolaversa, bundan keyin «o‘timli va o‘timsiz fe’llar», «vositali-vositasiz to‘ldiruvchilar», «fe’l kesim va ot kesim», «sifatlovchi-sifatlanmish» va shu kabi mavzular ona tili darsliklaridan chiqarib tashlanadi. Shunga muvofiq, kelgusida DTM testlarining baholash mezonlari ham o‘zgaradi.
2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berish va baholash bekor qilinadi. Qolaversa, ushbu darslikdan yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez o‘qish talabi qo‘yilmaydi. Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva yangi tartiblar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Respublika ta’lim markazi mutaxassislari yangi milliy o‘quv dasturi uchun darsliklar tayyorlash jarayoni qanday ketayotgani haqida so‘zlab berishdi. Cambridge`ning AKT bo‘yicha darsliklari mahalliylashtirildi, Fransiya va Germaniyaning fransuz va nemis tillari darsliklarini mahalliylashtirish reja qilingan. Milliy mualliflarning yangi darsliklarida tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda, biroq, mualliflar maktabi hali shakllanmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting